Yevropaliklar uyat sabab samolyotlarda kam uchmoqda

Olam

image

Yevropaliklar samolyotning atrof-muhitga zarar keltirayotganidan uyalishmoqda va poyezd xizmatidan foydalanishni afzal deb bilishmoqda. Bu haqda Deutsche Welle (DW) xabar bermoqda.

Bu holat Shvetsiya va Germaniyada ko‘p kuzatilgan — 10 yil ichida ilk bor ushbu davlat fuqarolarining parvoz qilishi keskin pasayib ketgan. Shvetsiya aeroporti 2019 yil 2018 yilga qaraganda 4 foiz yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Aviakompaniyalar esa 2 foiz yo‘lovchi kam tashigan (ichki parvozlarda 9 foiz kam).

Nemis aviakompaniyalarida ham shu holat ko‘zga tashlangan. Ichki parvoz yo‘nalishlarida ko‘rsatkich 2 foizga tushib ketgan bo‘lsa, tashqi parvoz 0,4 foizga pasaygan. Ko‘rsatkichlarning tushib ketishiga Flight shame (“uchish uyat”) harakati sabab etib ko‘rsatilgan. Bu harakat tarafdorlari samolyotlarning atrof-muhitga zarari sabab ularda parvoz qilishdan bosh tortishgan va poyezda yurishni afzal deb bilishmoqda.   

Parallel ravishda Yevropaning boshqa davlatlarida temir yo‘l yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimining oshgani qayd etilgan. Masalan, Germaniyaning Deutsche Bahn (DB) milliy temir yo‘l operatori 2019 yilning yarmigacha rekord miqdorda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan — 71,8 million kishi. Bir yil davomida bu ko‘rsatkich 150 million yo‘lovchini tashkil etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Yevropada ekologiyani himoya qiluvchi harakatlar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. 2019 yil Time jurnali talqiniga ko‘ra, “Yil odami” deya ta’riflangan shvetsiyalik Greta Tunberg samolyotlardan voz kechib, poyezdlarda yurish tarafdorlarining ramziga aylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa samolyotlarda kam uchmoqda

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing