Yevropaliklar Falastinni qo‘llab, Parijdan Bryusselga yo‘l oldi (video)

Olam

image

Yevropalik faollar falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun Parijdan Bryusselga yo‘l oldi. Ular 1 fevralgacha Yevropa parlamentiga yetib borishni mo‘ljal qilgan. Bu haqda Fransiya va Falastin birdamlik uyushmasi o‘zining “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

20 yanvar, shanba kuni bir necha yuz kishi Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘chalarga chiqdi. Aksiya “Urgence Palestine” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.

Namoyishchilar “Falastin uchun yurish qiling! Genotsidni to‘xtating!", “Bolalarimizni o‘ldirishni to‘xtating!" degan shiorlar bilan chiqishgan.

Marshda “Yashasin Falastin xalqining kurashi!" degan hayqiriqlar ham eshitiladi. Yurish Parijdagi Respublika maydonidan boshlangan. Ular 1 fevral kuni Yevropa parlamenti oldida miting qilish niyatida.

Faollar siyosatchilarning e’tiborini G‘azodagi halokatli gumanitar vaziyatga va mojaroga siyosiy yechim topish zarurligiga qaratishga umid qilmoqda. Namoyish ishtirokchilari zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga, G‘azo sektori blokadasini bekor qilishga, Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishga va Isroilni G‘azo sektoridagi tinch aholisiga nisbatan qirg‘inni bas qilishni so‘ramoqda.

“Falastinliklarning yashash huquqini himoya qilaylik! Isroil hukumati jazosiz qolmasligi kerak!", deydi yurish ishtirokchilaridan biri.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyi oxirlarida Los-Anjelesda Falastinni qo‘llab yuzlab odam ko‘chaga chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Aktsiya Evropaliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing