Yevropa Rossiya gaz berishni to‘xtatishiga tayyor bo‘lishi kerak – YeK raisi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Yevropa Rossiyadan gaz yetkazib qisqargan sharoitda ta’minotning butkul to‘xtatilishiga tayyor bo‘lishi kerak. Chunki bu ertami-kechmi yuz beradi. U DPA agentligiga bergan intervyusida shunday fikr bildirgan.

“Ayni paytda Rossiya 12 ta a’zo davlatga qisman gaz yetkazib beryapti yoki umuman bermayapti. Shuning uchun Yevropa eng yomon variantga – ertami-kechmi gaz yetkazib berishni butkul to‘xtatilishiga tayyor bo‘lishi kerak”, degan Lyayen.

Shu bilan birga, YeK rahbari Rossiya gaz ta’minotiga unchalik bog‘liq bo‘lmagan davlatlarni ham energiya tejash bo‘yicha sa’y-harakatlarda ishtirok etishga chaqirdi.

“Hatto Rossiyadan deyarli gaz olmaydigan [YeIga] a’zo davlatlar ham bizning ichki bozorimizga yetkazib berishning ehtimoliy to‘xtab qolishi oqibatlaridan qochib qutula olmaydi”, degan Lyayen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hammasi chambarchas bog‘liqligi uchun gaz inqirozi barcha a’zo davlatlarga u yoki bu shaklda ta’sir qiladi.

“Shu sababli, barcha a’zo davlatlar o‘z iste’molini kamaytirishi muhim, shunda hamma ko‘proq tejaydi va uni [gazni] eng ko‘p zarar ko‘rgan a’zolar bilan baham ko‘radi”, degan Yevrokomissiya raisi.

YeK ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilishiga yetarli tayyorgarlik ko‘rmaslik iqtisodiy ishlab chiqarishning o‘rtacha 0,9-1,5 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin. Yevrokomissiya takliflari ertaga, 26 iyul kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi energetika vazirlarining maxsus yig‘ilishida muhokama qilinadi. Lyayen ular takliflari qo‘llab-quvvatlanishiga ishonmoqda.

“Men energetika vazirlari o‘z mas’uliyatini anglashiga ishonaman. Gap keyingi ikki qishdan hamma bexatar o‘tishi uchun xavfsizlik tizimini yaratish haqida”, degan u.

20 iyul kuni YeK Yevropa Ittifoqi davlatlari 2023 yil 31 martgacha gaz iste’molini ixtiyoriy ravishda 15 foizga qisqartirish bo‘yicha rejalarni sentyabr oyi oxirigacha taqdim etishi kerakligi haqidagi hujjatni e’lon qildi. Hozirgacha Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya bu taklifga qarshilik bildirgan. Loyiha bloklanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Rossiya

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing