Yevropada rossiyaliklar mulklarini qidirish operatsiyasi boshlandi

Olam

image

Yevropa politsiya agentligi (Yevropol) kecha, 12 aprel kuni “Oskar” operatsiyasini boshladi. Uning asosiy maqsadi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasidagi aktivlarni aniqlashga yordam berishdir. Bu haqda tashkilot bayonotida aytiladi.

Qayd etilishicha, operatsiya Yevropa Ittifoqi a’zolari, Adliya idoralari hamkorligi bo‘yicha Yevropa agentligi (Yevroyust) va Yevropa chegara politsiyasi va qirg‘oq qo‘riqlash agentligi Frontex bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. U kamida bir yil davom etadi va bir qator alohida tekshiruvlarni o‘z ichiga oladi.

“Oskar” operatsiyasining maqsadi Rossiyaning Ukrainaga urush ochishi munosabati bilan sanksiyalar ostida qolgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan aktivlarga nisbatan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan olib borilayotgan moliyaviy tekshiruvlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ladi.

“Operatsiya, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan o‘rnatilgan savdo-iqtisodiy cheklovlarni chetlab o‘tish bilan bog‘liq davlatlar tomonidan olib borilayotgan jinoiy tergovlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan”, deya qo‘shimcha qilgan Yevropol.

Tashkilotning asosiy vazifasi axborotni to‘plash, almashish va tahlil qilishga ko‘maklashish, muvofiqlashtirishni ta’minlash, tegishli milliy organlarga texnik yordam va moliyaviy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing