Yevropada politsiya zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan 22 ayolning shaxsini aniqlash uchun odamlardan yordam so‘radi
Olam
−
13 may 2023
6415Yevropaning uch mamlakati politsiyasi “Meni aniqlang” operatsiyasi doirasida turli davrda uchta mamlakatda zo‘ravonlik bilan o‘ldirilgan 22 nafar ayolning shaxsini aniqlashda fuqarolardan yordam so‘radi va ularning tiklangan suratini e’lon qildi. Bu xaqda BBC’ning Amsterdamdagi muxbiri Elis Kaddi ma’lum qilib, qurbonlar shaxsi hali-hamon noma’lumligicha qolayotganini bildirdi.
Halok bo‘lganlar 15-30 yosh atrofidagi ayollar bo‘lgan. Jabrlanuvchilarning tanasi Niderlandiya, Belgiya va Germaniya xududidan 1976-2019 yillar oralig‘ida topilgan. Politsiyaga qo‘shimcha choralar qabul qilishiga, Amsterdamdagi daryodan chiqindi idishidan qotillik alomatlari bilan topilgan ayol jasadi sabab bo‘lgan. So‘ngra Interpol qurbonlar ro‘yxatini ilk bor ommaga e’lon qilib, ularni aniqlashda fuqarolardan yordam so‘radi.
Ma’lumot uchun, “Meni aniqlang” kabi operatsiyalar dunyo bo‘ylab faqat politsiya tizimining ichida o‘rganiladi. Tezkor tadbirlar natijasida 2023 yil aniq raqamli texnologiyalar asosida jabrlanuvchilarning yuz ko‘rinishlari yangilanib, yanada aniqlashtirildi. So‘ngra uch mamlakatdan 22 (Belgiyadan 7, Germaniyadan 6, Niderlandiyadan 9) ta shunday qotillikka oid ma’lumotlar olinib, Interpolga jinoyat ishini ochish uchun topshirildi.
“Savollarga javob topish juda muhim. Agar sizning ismingiz bo‘lmasa, sizning tarixingiz yo‘q degani. Siz oddiy raqamdeksiz. Lekin insonlar raqam bo‘la olmaydi”, deydi detektiv-kriminalist Karina van Leven.
Interpolning DNK bo‘limi koordinatori, doktor Syuzan Xitchinning ta’kidlashicha, uzoq yillar davomida aybdori topilmagan jinoyat ishining hanuz davom etishidan maqsad qurbonlarning shaxsini aniqlab, ularga o‘z ismlarini qaytarishdan iborat.
LiveBarchasi