Yevropada koronavirus tufayli Rojdestvo yarmarkalari bekor qilinmoqda
Olam
−
23 Oktabr 2020
3736Yevropa mamlakatlarida pandemiya sababli an’anaviy Rojdestvo yarmarkalarini bekor qilish boshlandi. Bu haqda "Interfaks" ma’lumot bergan.
Xususan, Fransiyaning Strasburg shahrida bu yilgi Rojdestvo yarmarkasi bekor qilingan. 2019 yilda unga 2 million kishi kelardi.
Shuningdek, Berlinda ham bu yil Rojdestvo yarmarkasi bo‘lmaydi. Unga har yili o‘rtacha 1 million kishi qatnashardi.
Shotlandiya Hukumati Sog‘liqni saqlash bo‘yicha maslahatchisi Jeyson Litch esa barchani bu yil "raqamli Rojdestvo" bayramiga tayyor bo‘lishga chaqirgan.
Irlandiya Hukumati Rojdestvoga qadar vaziyatni normallashtirish uchun koronavirusga qarshi kurashga qattiq cheklovlar qo‘ygan.
So‘nggi haftalarda Yevropa mamlakatlarida koronavirusga chalinayotganlar soni ko‘payib boryapti.
Pandemiya boshlanganidan buyon dunyoda 41 milliondan ortiq koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan. Bir milliondan ko‘p bemor vafot etgan.