Yevropada gaz narxi keskin oshdi

Olam

image

Yevropada gaz narxi har ming kub metr uchun 2200 dollardan oshdi, bu joriy yilning 8 mart kunidan beri birinchi marta rekord darajadagi o‘sishdir. Buni London ICE fond birjasi ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Bugun, 26 iyul kuni bo‘lib o‘tgan savdolar yakunida Niderlandiyadagi TTF markazida avgust fyuchers shartnomasi ming kub metr uchun 2239 dollargacha ko‘tarildi. Umuman olganda, kun davomida o‘sish 21 foizni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, mart oyi boshida gaz narxi Rossiya energetika resurslari importiga taqiq qo‘yilishi ehtimoli sabab to‘rt kun ketma-ket tarixiy eng yuqori darajaga yetdi. Rekord 7 mart kuni o‘rnatildi – 3892 dollar, o‘sha kundagi taxminiy narx ming kub metr uchun 2560,7 dollarni tashkil etdi.

Ammo keyin kotirovkalar barqaror pasayish bosqichiga o‘tdi va 6 iyun kuni uch oy ichida birinchi marta gaz narzi ming kub metr uchun 900 dollardan pastga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa gaz narxi

Baholaganlar

659

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing