Yevropa yo‘qolib ketishi mumkin – Ilon Mask
Olam
−
21 dekabr
8918Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya hozirda tug‘ilishning pastligi tufayli yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Bu haqda SpaceX va Tesla asoschisi, amerikalik milliarder Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”, deya yozgan u.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya va Yevropa tug‘ilishning pastligi tufayli chuqur inqirozga uchragan.
Ilgari milliarder insoniyat katta demografik inqiroz xavfiga duch kelayotgani, buning oqibatida butun xalqlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Mask Italiya, Fransiya va Yaponiya madaniyatlari ham xavf ostida ekanlinini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikalik tadbirkor, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask soddalashtirilgan interfeysga ega Xmail elektron pochta xizmati yaratilishini e’lon qilgandi. Bunday bayonot ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan birining pochta qutisiga formatlash muammolarisiz ega bo‘lish istagini bildirgan postiga javoban qilingandi.
LiveBarchasi