Yevropa yetakchilari Budapeshtda yig‘ildi
Olam
−
07 noyabr
4148Bugun, 7 noyabr kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda Yevropa siyosiy hamjamiyatining beshinchi sammiti boshlandi.
Ushbu forum Yevropa qit’asi oldida turgan xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan. Kun tartibidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalari ham o‘rin olgan.
Sammitda 40 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etmoqda. Liderlar, shuningdek, Donald Trampning AQSHning 47-prezidenti etib saylanishi munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni ham muhokama qiladi.
LiveBarchasi