Yevropa “yonyapti”: mintaqada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Olam

image

Ispaniya, Fransiya, Portugaliya va Gretsiyada davom etayotgan yirik o‘rmon yong‘inlari minglab gektar hududni qamrab oldi. Yong‘inlarni bartaraf etish uchun yuzlab o‘t o‘chiruvchilar, maxsus texnikalar hamda aviatsiya jalb etilgan. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Fransiyaning janubidagi Pireney-Sharqiy departamentida joriy yilning 4 iyul oqshomida boshlangan yong‘in oqibatida ikki kishi, jumladan, bir nafar o‘t o‘chiruvchi va mahalliy aholi jiddiy jarohat olgani aytilmoqda. Hududdan 5 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan. Yong‘inni o‘chirish ishlariga 700 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi, 200 ta maxsus texnika, shuningdek, o‘nlab samolyot va vertolyot safarbar etilgan.

Fransiya hukumati iyul holatiga ko‘ra, mamlakatning 41 departamentida o‘rmon yong‘inlari xavfi yuqori ekanini, ulardan 7 tasida esa eng yuqori xavf darajasi e’lon qilinganini ma’lum qilgan.

Gretsiyaning Saloniki shahri yaqinidagi chiqindilarni qayta ishlash korxonasida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida qalin tutun shahar markazigacha yetib borgan. Rasmiylar aholini derazalarni yopib, imkon qadar uyda qolishga chaqirgan. Uchta aholi punkti hamda 157 nafar kishi yashaydigan parvarish muassasasevakuatsiyaiya qilingan. Mazkur hodisa yuzasidan 76 yoshli erkak o‘t qo‘yishda gumonlanib hibsga olingan.

Bundan tashqari, Afina g‘arbida ham yirik o‘rmon yong‘ini qayd etilgan. Uni o‘chirishga 210 nafar o‘t o‘chiruvchi, ko‘ngillilar va maxsuaviatsiyaiya jalb qilingan.

Ispaniyaning Jirona provinsiyasida 3 iyuldanan buyon davom etayotgan yong‘in qariyb 2,2 ming gektar maydonni qamrab olgan.

Portugaliyaning Vozel munitsipalitetida esa iyulda boshlangan yong‘in 12 ming gektardan ortiq hududga tarqalgan. Uni o‘chirish uchun 1 200 nafar o‘t o‘chiruvchi, 400 ta maxsus texnika va 15 ta samolyot safarbar etilgan. Shuningdek, Ispaniya qo‘shni davlatga 120 nafar o‘t o‘chiruvchi va 45 ta texnika yuborgan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Portugaliyadagi yirik yong‘inlar asosan nazorat ostiga olingan, biroq ayrim hududlarda alanga o‘choqlari saqlanib qolmoqda.

Qayd etilishicha, Yevropaning qator mamlakatlaridagi o‘rmon yong‘inlari iyun oyida kuzatilgan anomal issiq ob-havo fonida boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya janubida jazirama oqibatida yirik o‘rmon yong‘inlari yuzaga kelgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing