Yevropa “yangi ko‘rinishdagi jahon urushi bilan” to‘qnash kelmoqda — Makron

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropa vaksina sababli "yangi ko‘rinishdagi jahon urushi bilan" to‘qnash kelayotganini ta’kidladi. Bu haqda "Interfaks" "Le Figaro"ga asoslanib yozmoqda.  

Prezidentning aytishicha, bunga qisman "Rossiya bilan Xitoyning vaksina yordamida ta’sir ko‘rsatishga urinayotgani" ham sabab bo‘lmoqda.  

Unga ko‘ra, Yevropa davlatlari COVID-19 ga qarshi vaksinalar borasida boshqalarga qaram bo‘lmaslik choralarini ko‘rishi kerak. 

"Bu masalada suverenitetga muhtojmiz. Biz vaksinalar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz kerak. Hozir biz ikkinchi avlod vaksinalarini ishlab chiqarishga tayyor bo‘lish ustida ishlamoqdamiz", degan Makron. 

Makron koronavirus hech qayerga ketmasligi va unga qarshi kurash davom ettirilishi kerakligi haqida gapirgan. 

"Virus shu yerda bo‘ladi. U tarqaladi, mutatsiyaga uchraydi, biz esa bunga javob berishimiz kerak. Hozir biz Yevropa Ittifoqining ushbu virus turlariga qarshi tura olishini ta’minlashga harakat qilmoqdamiz", degan Fransiya Prezidenti.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Makron

Baholaganlar

354

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing