Yevropa O‘zbekistondagi mahkumlarga insonparvarlik yordami yubordi
Jamiyat
−
14 aprel 2020
6881Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalariga koronavirus infeksiyasini kirib kelishini oldini olishda Bosh boshqarma tomonidan olib borilayotgan ishlarga ko‘maklashish uchun insonparvarlik yordamini ko‘rsatdi. Bu haqda IIV JIEBB ma’lum qildi.
Insonparvarlik yordami o‘z ichiga 15 turdagi turli tibbiy himoya (yuz niqoblari, tibbiy qo‘lqoplar, ximoya kostyumlari, bog‘lov materiallari), kir yuvish va shaxsiy giginena xamda antibakterial vositalarni jamlagan bo‘lib, uning umumiy qiymati 180 million so‘mdan ortiqdir.
Ushbu vositalar tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmagan mahkumlar va mahkuma ayollarning koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan maxsus kontingent uchun shuningdek, ushbu muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga maqsadli ravishda yetkazib berildi.
O‘z navbatida IIV JIEBB rahbariyati jazoni ijro etish muassasalarida SOVID-19 infeksiyasi kirib kelishini oldini olish bo‘yicha ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun YeXHT O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Jon MakGregorga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
LiveBarchasi