Yevropa Ukrainaga bergan va’dasini bajara olmaydi – “Bloomberg”

Olam

image

Yevropa Ittifoqi katta ehtimol bilan Kiyevga 1 million artilleriya o‘q-dorilarini yetkazib berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmaydi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yevropa tashqi aloqalar xizmati hamjamiyat mamlakatlari diplomatlarini YeI 2024 yil martigacha belgilangan miqdordagi snaryadlarni yetkazib berish bo‘yicha “ehtimoliy maqsadga erisha olmasligi” haqida xabardor qilgan. Ta’kidlanishicha, rejalashtirilgan davrning yarmidan so‘ng YeI Ukrainaga barcha va’da qilingan snaryadlarning atigi 30 foizini o‘tkazgan.

“Bloomberg”ga ko‘ra, Rossiya o‘z ishlab chiqarishini ko‘paytirar ekan, Ukrainani o‘q-dorilar bilan ta’minlash tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Hozirda Yevropadan harbiy ta’minotning har qanday tanqisligi Ukraina uchun "xavf"ga aylanadi. 

“Qo‘shma Shtatlarda prezidentlik saylovlari yaqinlashayotgani va Yevropa Ittifoqi davlatlarining noaniq pozitsiyasi fonida Kiyevga harbiy yordam o‘tkazish sekinlashmoqda”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari Jozep Borrel Ukrainadagi jangovar harakatlarni davom ettirish uchun YeI joriy yil boshidan buyon Kiyevga 300 ming 155 mm o‘lchamli snaryad va 2,6 ming raketa topshirganini ma’lum qilgan. U Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirishiga ishontirgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Bryussel Kiyevga 1 million snaryad jo‘natishini va’da qilgandi. Shu maqsadda Yevropa tinchlik fondidan 2 milliard yevro ajratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina snaryad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing