Yevropa Turkiya oldiga yana eski talabini qo‘ydi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa Parlamenti joriy yilning 19 may kuni Yevropa Ittifoqi va Turkiya munosabatlari to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi. Unda parlament Turkiyadan XX asr boshlarida Usmonli imperiyasida armanlar bilan yuz bergan mojaroni “genotsid” deb tan olishni so‘ragan. 

Hujjatga ko‘ra, deputatlar Turkiyaning Gretsiya va Kiprga nisbatan “dushmanlik tashqi siyosati”dan, shuningdek, Suriya, Liviya va Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolarga aralashishidan xavotirda, chunki bu Yevropa Ittifoqining ustuvor yo‘nalishlariga ziddir.

“Ular, shuningdek, Turkiyani “arman genotsidi”ni tan olishga chaqiradi, bu esa turk va arman xalqlari o‘rtasida haqiqiy yarashuvga yo‘l ochadi”, deyilgan Yevropa parlamenti xabarida. 

Hujjatni 480 nafar deputat yoqlagan, 64 kishi unga qarshi ovoz bergan va 150 kishi betaraf qolgan. Parlamentning o‘zi 1987 yilda XX asr boshida Usmonli imperiyasida yuz bergan voqealarni “genotsid” deb tan olgan va Turkiyani ham shunga chaqirib keladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden XX asr boshida Usmonli imperiyasida yuz bergan xunrezlikni “arman genotsidi” deb tan olgandi. 

Keyinroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li rasmiy Anqara bu bayonotni rad etishini ma’lum qildi. Amerikaning Turkiyadagi elchisi TIVga chaqirtirilib, unga norozilik bildirildi. 

Shuningdek, AQSHning Turkiyadagi elixona va konsulxonasi ehtimoliy noroziliklar sabab bir muddat faoliyatini to‘xtatdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Evropa Parlamenti

Baholaganlar

394

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing