Yevropa Ukraina rejasining kamida to‘rt bandini o‘zgartirmoqchi
Olam
−
23 noyabr 3887 2 daqiqa
Yevropa yetakchilari AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasining kamida to‘rt bandiga o‘zgartirish kiritish kerak, deb hisoblamoqda. Bu haqda “Bild” manbalarga tayanib xabar berdi.
Yevropa yetakchilari tinchlik kelishuvining asosiy bandlaridan biri – Trampning hududiy taklifini butunlay chiqarib tashlash zarur, deb hisoblamoqda. Unda Qrim va Donbass Rossiya hududi sifatida tan olinishi, Xerson va Zaporoje viloyatlaridagi chegaralar esa hozirgi aloqa chizig‘i bo‘ylab muzlatib qo‘yilishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, Ukraina qo‘shinlari sonini qisqartirish taklifi ham muhokama qilinadi. “Bild” shuningdek, Germaniya kansleri Fridrix Mers Oq uy rasmiylariga “Rossiyaning Ukrainadan qarzdorligi xavfsizlik kafolati ular yozilgan qog‘ozga arzimasligi mumkin”ligini tushuntirmoqchi ekanini xabar qilmoqda. U 1994 yilda Ukraina yadro quroli arsenalidan voz kechganini, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, bu kelishuvlar bajarilmaganini eslatdi.
Mersni “g‘azablantirgan” yana bir nuqta Trampning Rossiya aktivlarini muzlatish haqidagi taklifi bo‘ldi. Germaniya kansleri, shuningdek, mojaroga chek qo‘yish faqat Ukrainaning roziligi bilan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Qo‘shma Shtatlar taklif qilgan rejada Moskvaga bir qator muhim imtiyozlar berilgan, Kiyev ularni bir necha bor rad etgan. Bular Donbassning deyarli to‘rt yildan beri egallab ololmagan hududlarini ham qo‘shib Rossiyaga o‘tkazish va Ukraina Qurolli kuchlari sonini 600 ming askarga qisqartirishdir. Hujjatda, shuningdek, Ukraina NATOga qo‘shila olmasligi, xorijiy qo‘shinlarni qabul qila olmasligi va yadro quroliga ega bo‘la olmasligi ham ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, AQSH Putin Rossiya deb e’lon qilib, Konstitutsiyaga kiritgan bo‘lsa-da, to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab Xerson va Zaporoje viloyatlarini muzlatib qo‘yishni, Donetsk viloyatining hozirda Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi qismida qurolsizlantirilgan hudud yaratishni taklif qilmoqda. Qolaversa, Oq uy Rossiyaning Yevropada muzlatib qo‘yilgan 100 milliard dollarlik aktivlarini Ukrainani tiklashga yo‘naltirmoqchi va unga 10 yil davomida NATO kabi xavfsizlik kafolatlarini bermoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat dumasi Mudofaa qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksey Juravlev Rossiya AQSHning Ukraina bilan tinchlik o‘rnatish bo‘yicha yangi taklifiga rozi bo‘lmasligi kerakligini aytib, bu urushning haqiqiy yakuniga olib kelmaydigan “provokatsiya” ekanini bildirgandi.
Live
Barchasi