Yevropa tinchlik fondi Ukrainaga harbiy yordam uchun 10 mlrd yevro ajratdi
Olam
−
23 may 2023
4205Yevropa tinchlik fondi Ukrainaga harbiy yordam uchun 10 milliard yevro ajratdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.
Yevropa Ittifoqi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa tinchlik fondiga a’zo davlatlar 10 milliard yevro miqdoridagi hisob-fakturalarni taqdim etgan, bu kutilganidan ancha ko‘pdir.
Keltirilishicha, bu pullar Ukraina armiyasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Shuningdek, bir qancha davlatlar F16 qiruvchi samolyotlari uchun uchuvchilarni tayyorlashni boshlagan.
“Bilasizmi, hamma narsa odatdagidek: biz muhokama qilmoqdamiz va boshida buni hech kim xohlamaydi. Oxirida esa Leopard, F16 kabilar bilan harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilinyapti. Chunki Ukraina o‘zini mutlaqo himoya qilishi kerak”, deydi Jozep Borrel.
Bundan tashqari, Yevrokomissiya 2023 yilga mo‘ljallangan makromoliyaviy yordam doirasida Ukrainaga yana 1,5 milliard yevrolik transh ajratdi.
“Bugun Yevrokomissiya Ukrainaga 18 milliard yevrogacha bo‘lgan makromoliyaviy yordam paketi doirasida to‘rtinchi to‘lovni amalga oshirdi”, deyiladi Yevropa Ittifoqi bayonotida.
LiveBarchasi