Yevropa superkubogi qaysi jamoaga nasib qiladi?

Sport

image

Bugun, 11 avgust kuni UEFA superkubogi uchun Chempionlar Ligasi g‘olibi “Chelsi” va Yevropa Ligasi g‘olibi “Vilyarreal” klubi o‘zaro bellashadi. Uchrashuv Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfast shahrida o‘tkaziladi. 

“Chelsi” 2020-21 yilgi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasida zafar quchdi. Portugaliyada bo‘lib o‘tgan final o‘yinida “Manchester Siti”ni mag‘lub etdi va 2012 yildagi chempionlikni takrorladi. 1998 yildan buyon UEFA Superkubogida muvaffaqqiyatsizlikka uchragan jamoa bu safar g‘alaba qozonishga urunib ko‘radi.

“Vilyarreal” o‘tgan mavsum Polsha poytaxti Gdansk shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi finalida “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etib, o‘z tarixidagi birinchi yirik sovrinni qo‘lga kiritdi. “Sariq suvosti kemasi” bugungi g‘alaba orqali ushbu kubokni yutgan 25-klubga aylanishi mumkin.

UEFA superkubogi uchun o‘tkazilgan so‘nggi sakkizta finalning barchasi qo‘shimcha bo‘limlarga qadar davom etgan.

Ma’lumot uchun, musobaqaning o‘tgan yilgi g‘olibi Germaniyaning “Bavariya” klubi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi UEFA Vil'yarreal Evropa superkubogi Belfast

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing