Yevropa Rossiya gazi uchun qat’iy narx belgilab qo‘ymoqchi

Olam

image

Yevrokomissiya (YeK) Yevropa Ittifoqida elektr energiyasi iste’molini kamaytirish va Rossiyadan quvurlar orqali yetkazib berilayotgan gaz uchun narxlarning yuqori chegarasini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlamoqda. Bu haqda kecha, 5 sentyabr kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Twitter’da yozdi

Taxminlarga ko‘ra, u “Shimoliy oqim” to‘xtatilgandan keyin Yevropada gaz narxining ko‘tarilishiga shunday munosabat bildirdi.

“Yevropa Komissiyasi elektr energiyasi iste’molini kamaytirish, Rossiya gaziga narxlarning yuqori chegarasini o‘rnatish, energetika sektori daromadlari orqali aholining zaif qatlamlari va korxonalarga yordam berish, narxlarning o‘sishi tufayli likvidlik etishmasligini boshdan kechirayotgan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashni taklif qiladi”, deb yozgan fon der Lyayen.

Yevropa Ittifoqining o‘tkir energetika inqirozini yengish bo‘yicha takliflarini ta’riflar ekan, u Moskvani “energiyadan qurol sifatida foydalanishda” aybladi.

“U yutqazadi! Yevropa g‘alaba qozonadi!”, deb yakunlagan Yevropa Ittifoqi ijroiya hokimiyati rahbari o‘zining tvitini.

O‘nlab yillar davomida mavjud bo‘lgan, ammo 2009 yildan beri Yevropa Ittifoqi bozorida Rossiyani kamsituvchi bir qator tartibga soluvchi me’yorlarni qabul qilish natijasida Yevropa Komissiyasi tomonidan yo‘q qilingan Rossiya gazini YeIga yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar ittifoqning gazga bo‘lgan ehtiyojining 40 foizdan ortig‘ini ta’minladi. Quvurdan yetkazib beriladigan rus gazi har doim muqobil yetkazib beruvchilarga nisbatan Yevropada eng arzon yoqilg‘i bo‘lib kelgan.

“Bloomberg” agentligiga ko‘ra, YeI mamlakatlari ekspertlari 7 sentyabr kuni Rossiyadan import qilinadigan gazga narx chegarasini joriy etish masalasini muhokama qiladi.

“Cheklangan narx Rossiya gaz ta’minotini to‘liq to‘xtatib qo‘ygan holda, uni chegaralangan narxda sotganidan ko‘ra yomonroq vaziyatga tushib qoladigan shaklda ishlab chiqilishi kerak. O‘tgan o‘n yillikda (2010-2020) Rossiya gazining narxi bir MVt/soat uchun 5 yevrodan 35 yevrogacha bo‘lganini hisobga olsak, ushbu darajadan yuqori bo‘lgan har qanday narx Rossiyaning marjinal ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqori bo‘ladi”, deyiladi “Bloomberg” maqolasida.

Eslatib o‘tamiz, “Shimoliy oqim”ning yagona ishlaydigan turbinasiga texnik xizmat ko‘rsatishda nosozliklar aniqlangani uchun noma’lum muddatga to‘xtatilgan.

Shunga qaramay “Gazprom” Yevropaga Ukraina hududidan “Sudja” gaz o‘lchash stansiyasi (GO‘S) orqali kuniga 42,7 million kub metr gaz yetkazib beryapti.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing