Yevropa ligasida Angliya jamoalari g‘alaba qozondi
Sport
−
02 may
31362 mayga o‘tar kechasi Yevropa ligasi yarim finalida ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda “Manchester Yunayted” “Atletik” mehmoni bo‘ldi va yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Londonning “Tottenxem”i esa “Budyo-Glimnt”ni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi.
“Bilbao”dagi o‘yinning 30-daqiqasida Kazemiro “mankunianliklar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Vivian o‘z jarima maydonchasi ichida qoidani buzdi. Hakam penalti belgiladi va himoyachini qizil kartochka bilan jazoladi. 37-daqiqada belgilangan 11 metrlik jarima to‘pini Brunu Fernandesh aniq amalga oshirdi va hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Birinchi taym yakunida Fernandesh hisobni yiriklashtirdi. O‘yin yakuniga qadar ikkala jamoada ham qulay vaziyatlar bo‘ldi, ammo hisob boshqa o‘zgarmadi.
Shu tariqa, “Manchester Yunayted” “Old Trafford”dagi o‘yin oldidan yarim finalga katta qadam tashladi. Javob o‘yini 9 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
Yevropa ligasi yarim finalining yana bir o‘yinida Londonning “Tottenxem” klubi Norvegiyaning “Budyo-Glimnt” jamoasini qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning 1-daqiqasidayoq Brennan Jonson mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada Jeym Meddison va 61-daqiqada Dominik Solanke gol urib, oradagi farqni 3 taga oshirdi. 83-daqiqada Ulrik Saltnes gol urdi va hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa, “Tottenxem” javob o‘yini oldidan finalga katta qadam tashladi. Javob bahsi 9 mayga o‘tar kechasi Norvegiyada bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi