Yevropa komissiyasiga harbiydan chiqqan ayol rahbar bo‘ldi
Olam
−
17 iyul 2019 3656 1 daqiqa
Yevropa parlamenti (YeP) Ursula fon der Lyayenni Yevropa komissiyasining yangi besh yillik uchun raisi etib tayinladi.
YeP a’zolari nomzodni uzoq va noodatiy muhokamalardan keyin tasdiqlashdi.
Yevropa komissiyasining amaldagi rahbari Jan-Klod Yunkerning vakolati oktyabr oyi oxirida yakuniga yetadi. Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi oliy ijro hokimiyatining rahbari kursisini egallaydi.
Yevropa siyosatini tadqiq qilish markazi ma’lumotida Yevropa komissiyasi rahbarligi uchun Ursula fon der Lyayen nomzodi ilgari surilgani ortidan ko‘plab noroziliklar yangradi. Xususan, uning shaxsiy kompetentligi uchun noroziliklar bildirildi.
Ursula fon der Lyayen 2013 yilda Germaniyaning birinchi ayol mudofaa vaziri bo‘lgan. Yaqinda u Yevropa parlamentidagi ovoz berishlar natijasidan qat’i nazar iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. Ursula fon der Lyayen Yevropa komissiyasi rahbarligi uchun tayinlangan birinchi ayol bo‘ldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr