Lyayen vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblandi

Olam

image

Yevropa mamlakatlari vakillari Ursula fon der Lyayenning o‘zini Yevropa Ittifoqining xorijdagi asosiy vakili sifatida ko‘rsatishga urinishidan norozi bo‘lmoqda. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, YeIning to‘qqiz nafar diplomati va mulozimi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenni, ayniqsa, Yaqin Sharqdagi ikki haftadan beri davom etayotgan mojaro fonida yaqqol sezilgan mansab vakolatlarini oshirib yuborganligi uchun tanqid qildi.

Yevropa Ittifoqida fon der Lyayen o‘zini xalqaro maydondagi YeIning bosh vakili sifatida ko‘rsatishga urinayotgan deb hisoblashmoqda. Masalan, inqirozning ilk kunlarida u Tehrondagi rejim o‘zgarishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va Fors ko‘rfazi mamlakatlari yetakchilari bilan o‘ndan ortiq muzokaralar o‘tkazgan. Tanqidchilarning fikricha, bunday harakatlar YeI davlatlari o‘rtasidagi konsensus (kelishuv) doirasidan chiqib ketadi.

Diplomatlarning so‘zlariga ko‘ra, tashqi siyosatni muvofiqlashtirish roli aslida Kaya Kallas zimmasida bo‘lib, uning vazifasi poytaxtlar bilan aloqada bo‘lish va umumiy pozitsiyani shakllantirishdir.

“Muammo shundaki, rais g‘oyalarni ilgari surmoqda va mamlakatlar bilan oldindan maslahatlashmasdan, Yevropa Ittifoqi nomidan qandaydir majburiyatlarni zimmasiga olmoqda. U o‘z vakolatidan tashqari narsalarni gapirmoqda”, deydi YeIning yuqori martabali diplomati fon der Lyayen haqida.

Shu bilan birga, Yevrokomissiya bu ayblovlarni rad etib, Ursula fon der Lyayen o‘z ishini to‘g‘ri bajarayotganini bildirgan. U YeI shartnomalariga muvofiq “tashqi siyosatda siyosiy yetakchilikni” namoyish etmoqda.

“Butun dunyodagi boshqa yetakchilar bilan aloqalar o‘rnatish prezident fon der Lyayen vazifalarining ajralmas qismidir”, deydi komissiya matbuot kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ursula fon der Lyayen Evrokomissiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing