Yevropa komissiyasi kelasi yil Ukrainaga qancha pul bermoqchiligi aytildi

Olam

image

Yevropa komissiyasi Ukrainaga 2023 yilda 18 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha taklif kiritdi. 

Mablag‘lar 2033 yildan boshlab maksimal 35 yil davomida to‘lanadigan o‘ta imtiyozli kreditlar ko‘rinishida beriladi. 

YeI, shuningdek, Ukrainaning foiz stavkalari bo‘yicha xarajatlarini a’zo davlatlardan YeI byudjetiga qo‘shimcha maqsadli to‘lovlar orqali qoplashni taklif qilmoqda. 

“Ushbu barqaror, muntazam va bashorat qilinadigan moliyaviy yordam – oyiga o‘rtacha 1,5 milliard yevro – Ukraina hukumati va Xalqaro valyuta jamg‘armasi oyiga 3-4 milliard yevroga baholagan 2023 yil uchun Ukrainaning qisqa muddatli moliyalashtirish ehtiyojlarining muhim qismini qoplashga yordam beradi”, deydi Yevropa komissiyasi. 

Ushbu mablag‘lar hisobidan Ukraina ish haqi va pensiyalarni to‘lashni davom ettira oladi, shuningdek, shifoxonalar, maktablar va ko‘chirilganlar uchun uy-joy kabi muhim davlat xizmatlari faoliyatini saqlab qoladi. 

Bu, shuningdek, Ukrainaga makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va Rossiya tomonidan vayron qilingan muhim infratuzilmani tiklash imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing