Yevropa Kengashi Gruziyaning YeIga kirishini to‘xtatdi
Olam
−
18 Oktabr
2051Yevropa Kengashi Gruziya hukumatining xatti-harakatlari Yevropa qadriyatlari va tamoyillariga zid, va shuning uchun mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayoni haqiqatda to‘xtab qolgan, deb hisoblaydi. Bu haqda kengashning Bryusseldagi sammit yakunlari bo‘yicha bayonotida aytiladi.
“Yevropa Kengashi bu harakat yo‘nalishi Gruziyaning Yevropa yo‘lini xavf ostiga qo‘yishini va qo‘shilish jarayonini amalda to‘xtatib qo‘yishini eslatadi”, deyiladi matbuot bayonotida.
Yevropa Kengashi Gruziyani “Yevropa integratsiyasining asosiy tamoyillariga muvofiq demokratik, keng qamrovli va barqaror islohotlarni” qabul qilishga chaqirdi.
Gruziya parlamenti may oyida xorijiy agentlar haqidagi qonunni tasdiqlaganidan so‘ng Gruziyaning G‘arb davlatlari bilan munosabatlari yomonlashgan. Hujjat mamlakatdagi ommaviy noroziliklarga qaramay, parlament a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili Konstitutsiyaviy sud orqali qonunni to‘xtatishga urindi, biroq sud buni rad etdi.
Hozirda Yevropa Ittifoqi Gruziya bilan vizasiz rejimni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqi Gruziya rahbariyati bilan do‘stona munosabatda bo‘lmagani uchun yuqori darajadagi uchrashuvlarni to‘xtatishga qaror qilgandi.
LiveBarchasi