Yevropa Ittifoqining sanksiya siyosati dunyoda kulgiga qolmoqda – Vengriya TIV
Olam
−
28 avgust 2023 9715 1 daqiqa
Yevropa Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bilan o‘zini yo‘q qilmoqda va ittifoqning sanksiya siyosati global sahnada kulgiga qolmoqda. Bu fikrni Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto aytdi.
“Sanksiya siyosati barbod bo‘ldi, dunyoning hamma joyida Yevropaning sanksiyalar siyosati ustidan kulishmoqda”, deya iddao qilgan Siyyarto.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi sanksiyalar mamlakat iqtisodiga putur yetkazdi, deyish she’riy mubolag‘a bo‘ladi.
“Yevropa yetakchilari o‘z-o‘ziga zarar yetkazuvchi bu sanksiyalarni urush psixozida bo‘lgani uchun qabul qildi”, deydi vazir.
Siyyartoning da’vo qilishicha, Yevropa Ittifoqining Kiyevga harbiy yordami ham qit’a xavfsizligiga bevosita tahdid solmoqda.
“AQSH Yevropani Ukrainaga kim va qanchalik yordam berishi borasida raqobatga undadi”, deydi TIV rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqini tanqid qilib, uni o‘zining chempionlik kamarini hammaga ko‘rsatadigan, lekin ringga chiqishdan bosh tortgan eski boks chempioniga o‘xshatgandi.
Live
Barchasi