Yevropa Ittifoqi vaksina uchun 1 milliard yevro ajratdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni moliyalashtirish uchun 1 milliard yevro ajratdi. Bu masalada Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen boshchiligida o‘tgan onlayn konferensiyada ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Reuters” axaborot agentligi.

Yevropa Komissiyasi rahbari YeIga a’zo davlatlar kelgusi ikki-uch yil ichida ittifoq byudjetiga o‘z ulushini 1,2 foizidan 2 foizgacha oshirishlari lozimligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘ koronavirus pandemiyasidan keyin mamlakatlar iqtisodiyotiga yordam berish uchun kerak bo‘ladi. Ursula fon der Lyayenning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat o‘z iqtisodlariga yordam berish uchun 1,8 milliard yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratgan.

YeIda ta’kidlanishicha, koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Italiya, Ispaniya, Fransiya va Germaniya singari davlatlarning iqtisodini barqarorlashtirish uchun yuqorida qayd etilgan summaning uchdan biri sarflanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa qit’asida koronavirusga chalingan bemorlarning umumiy soni 1 463 983 nafarni tashkil etmoqda. Infeksiya bilan eng ko‘p zararlangan bemorlar Ispaniyada (248 301), Italiyada (210 717), Buyuk Britaniyada (186 599), Fransiyada (168 693), Germaniyada (165 745) va Rossiyada (145 268) qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

26

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing