Yevropa Ittifoqi TikTok ustidan tergov boshladi 

Olam

image

Yevrokomissiya TikTok  o‘z platformasida yangi qabul qilingan raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun doirasida kichik yoshdagi foydalanuvchilarni zararli kontentdan himoya qilish uchun yetarli darajada harakat qilayotgani yoki yo‘qligini aniqlash uchun tergov boshladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Aytilishicha, ushbu protsess (Yevropa) komissiyasi TikTok'ning ayrim shubhali funksiyalari, tizimlari va yuritayotgan siyosatini tekshirishini anglatadi. Bu tergov natijalarini oldindan belgilamaydi.

Komissiya Xitoyning "ByteDance"  kompaniyasiga tegishli bo‘lgan tarmoq foydalanuvchilarining unga  joylanadigan materiallarga  qaram bo‘lib qolish xavfini kamaytirish hamda voyaga yetmaganlarning shaxsiy hayoti va daxlsizligini ta’minlash maqsadida qo‘yiladigan talablarga qanchalik  rioya qilinayotganini baholaydi. 

"TikTok'ning bolalarning nomaqbul kontentga kirishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan yoshni tekshirish vositalari oqilona, mutanosib va samarali bo‘lmasligi mumkin", deyiladi Yevrokomissiya press-relizida.

Tergov shuningdek,  platformadagi reklamalarning  qay darajada shaffofligi va tadqiqotchilarga platformaning ma’lumotlariga yetarlicha kirish huquqi  berilganmi yoki yo‘qligini ham o‘rganadi. 

Tarmoq vakili telekanalga "o‘smirlarni himoya qilish va 13 yoshgacha bo‘lganlarni platformadan uzoqlashtirish uchun kashshof xususiyatlar va sozlamalarga ega"ligini aytib o‘tgan.

"Biz yoshlarni TikTok'da xavfsiz saqlash uchun mutaxassislar va sanoat bilan ishlashni davom ettiramiz va endi komissiyaga bu ishni batafsil tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘lishni  kutamiz", deya qo‘shimcha qilgan matbuot kotibi.

Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun (Digital Service Act, DSA) Yevropa Ittifoqida 17 fevralda kuchga kirdi, hujjat barcha onlayn platformalar uchun amal qiladi. TikTok`ga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance kompaniyasi ijtimoiy tarmoq DSA qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilsa, global daromadining 6 foizigacha jarimaga tortilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, TikTok Yevropa Ittifoqida deyarli 136 million oylik faol foydalanuvchilarga ega.

Otaboyeva Madina


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Ittifoqi TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing