Yevropa Ittifoqi Rossiya neftining narxi bo‘yicha o‘zaro kelisha olmadi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari Rossiya neftiga narx chegarasini joriy etish bo‘yicha umumiy to‘xtamga kela olmadi. Muzokaralar yana davom etadi. Bu haqda Yevropaning energiya masalalari bo‘yicha komissari Kadri Simsonga tayanib, TASS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, elchilar Rossiya neftiga bir barrel uchun 65-70 AQSH dollari oralig‘ida narx chegarasini joriy etish imkoniyatini muhokama qilgan. Unda Rossiyani “jazolamoqchi” bo‘lgan Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari kabi qatnashchilar bu narx chegarasini juda past deb hisoblasalar, Gretsiya, Kipr, Malta kabi neftni dengiz orqali tashishdan keladigan daromadning katta qismini oladigan mamlakatlar bu holat jahon neft savdosiga putur yetkazishi bilan tahdid qilgan.

Yevropa Ittifoqi uchun Rossiya neftiga narx chegarasining joriy etilishi Yevropadagi energetika inqiroziga deyarli aloqasi yo‘q. Chunki 5 dekabrdan boshlab Rossiya neftini dengiz orqali sotib olishga qaratilgan embargo kuchga kiradi. Shuning uchun ham muhokamaning asosiy elementlarini energiya emas, balki savdo va siyosiy masalalar tashkil etgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Ittifoqi Rossiya nefti

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing