Yevropa Ittifoqi Rossiya neftiga cheklangan narx belgilamoqchi

Olam

image

Bugun, 2 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya neftining mintaqadagi bir barreliga 60 dollarlik narx chegarasini belgilash bo‘yicha kelishib olishi mumkin. Ittifoq davlatlari Polshadan narxning 60 dollardan past bo‘lishini talab qilgan javobni kutmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.

Gazetaning manbalariga ko‘ra, Yevrokomissiya Varshava roziligini olish uchun 1 dekabr kuni narxlar chegarasini joriy etish to‘g‘risidagi bitimning yangi matnini taqdim etgan. Rus neftiga narx chegarasi Rossiya Federatsiyasi uni eksport qilganidan kamida 5 foiz past darajada ushlab turish uchun yanvar oyidan boshlab har ikki oyda bir marta narx chegarasi belgilanadi. Shuningdek, Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini tayyorlashni tezlashtirish istagini ham bildirgan.

Nashrninng yozishicha, Yevropa rasmiylari narxlarning yuqori chegarasi kelishib olinishiga ishonchi komil. Biroq ular G7 (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya)dagi hamkorlarning narx chegarasini ushbu hafta oxirigacha joriy qilish uchun yetarlicha vaqt topolmasligidan qo‘rqadi. 

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiya neftiga narx chegarasi belgilansa, qaror G7 tomonidan yozma ravishda tasdiqlanishi kerak. G7, Avstraliya Yevropa Ittifoqining Rossiyadan dengiz neftiga nisbatan kechiktirilgan embargosi 5 dekabrdan kuchga kirgunga qadar rus nefti narxini cheklashni istaydi.

Joriy yilning 3 iyun kuni YeI Kengashi Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini, jumladan, Rossiyadan dengiz orqali neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishga cheklov joriy qildi. Rossiyaning dengiz orqali neft yetkazib berishi taqiqlandi. Ushbu cheklov dekabr oyining boshigacha amal qilishi kerak edi. Umumiy neft mahsulotlari eksporti sakkiz oyga, ya’ni 2023 yilning fevraligacha to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing