Yevropa Ittifoqi referendum ortidan Rossiyani sanksiyalar bilan siylamoqchi

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bosqinining 217-kunida rus qo‘shinlari qo‘shni davlatning bosib olingan aholi punktlarini nazorat ostida saqlashga harakat qilishda davom etmoqda. Ukrainaning qurolli kuchlari va hududiy mudofaa bo‘linmalari agressiyaga qarshilik ko‘rsatmoqda. Har ikki tomon vakillarining bayonotlarini mustaqil manbalardan tekshirishning iloji yo‘q. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 14 millionga yaqin ukrainaliklar allaqachon uylarini tark etgan. 

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari 1300 nafar shaxs va tashkilotni nishonga oladi. Ukrainaning Xerson va Zaporoje viloyatlari hududlarini egallab olgan, psevdoreferendumlar uyushtirishda ishtirok etgan, shuningdek, safarbarlik bilan shug‘ullanganlarga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llanilmoqda.  

Shu tariqa, endi sanksiyalar faqat Qrim va Donbass “xalq respublikalari”ga emas, balki bosib olingan barcha hududlarga ham tegishli bo‘ladi. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili “referendumlar” tan olinmasligini, Bryussel Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidlagan. 

Yevropa Ittifoqi allaqachon Rossiya Federatsiyasiga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini taklif qilgan. U Rossiya mahsulotlarini import qilish va Yevropa Ittifoqidan texnologiya va xizmatlar eksportiga yangi taqiqlarni o‘z ichiga oladi.  

Shuningdek, yevropaliklarga Rossiya kompaniyalariga rahbarlik qilish taqiqlanadi. 

“Katta yettilik” davlatlari Rossiya neftiga maksimal narx belgilashga qaror qilgan”, deydi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen yevropalik diplomat Josep Borrel bilan qo‘shma matbuot anjumanida.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made