Yevropa Ittifoqi Kiyevga qo‘shimcha yordam ajratadi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi 2025 yilda Ukrainaga yana 30 milliard yevro qo‘shimcha yordam beradi. Bu haqda kecha, 19 dekabr kuni Yevropa kengashi rahbari Antonio Kosta Bryusselda bo‘lib o‘tgan YeI sammitida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, bu miqdorning 18 milliard yevrosi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foyda sifatida olingan. Qolgan mablag‘ni, ya’ni 12,5 milliard yevroni esa Yevropa Tinchlik Jamg‘armasi (EPF) to‘laydi.  

Ma’lum qilinishicha, 30 milliard yevro Yevropa Ittifoqi tomonidan Kiyevga Rossiya istilosi boshlanganidan beri taqdim etgan 130 milliard yevroga qo‘shimcha ravishda ajratilgan.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas 2025 yildan boshlab Ukrainaga oyiga 1,5 milliard yevro yordam berilishini e’lon qilgan.

Qolaversa, ushbu yordamlar sammitda bevosita ishtirok etgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘ziga aytib eshittirilgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Reuters” agentligi Yevropa Ittifoqi tomonidan Ukrainaga 100 minggacha askar yuborishni muhokama qilayotgani haqida xabar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing