Yevropa Ittifoqi xalqaro nizolarni hal qilishda Rossiyaga muhtoj – Germaniya

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan konstruktiv muloqotni qo‘llab turishi kerak. Bu haqda bugun, 22 fevral kuni Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Bryusseldagi yevropalik hamkasblari bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tgan.

Ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqi yig‘ilishida Rossiya muxolifati yetakchisi Navalniy bilan bog‘liq vaziyat, shu jumladan, Rossiyaga qaratilgan yangi sanksiyalar muhokama qilingan.

“Men ushbu masala bo‘yicha alohida shaxslarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish tarafdoriman”, deydi Germaniya TIV rahbari.

Shuningdek vazir Rossiya bilan muloqotni davom ettirish yo‘llarini izlash kerakligini aytgan.

“Rossiya xalqaro mojarolarni hal qilishimizda kerak bo‘ladi. Biz Rossiya Federatsiyasi bilan qanday qilib konstruktiv muloqotni davom ettirishimiz mumkinligini muhokama qilaylik”, deydi Maas.

“Reuters“ ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 21 fevral kuni Yevropa Ittifoqidan bir necha Tashqi ishlar vazirlari Navalniy shtatining administratori Leonid Volkov bilan Bryusselda uchrashgan. Endilikda, ular AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya muxolifati rahbari Aleksey Navalniy bilan bog‘liq holat yuzasidan Rossiya va Yevropa Ittifoqining avval ham yaxshi bo‘lmagan munosabatlari yanada sovuqlashdi.

Yevropa Aleksey Navalniyning qamoqqa olingani va 2,5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilganini qoralamoqda. O‘z o‘rnida Rossiya bunday munosabatni mamlakat ichki ishlariga aralashish deb baholagan.

Bundan tashqari, Rossiya tomoni muxolif kuchlar chaqirig‘i bilan Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida o‘tkazilgan namoyishlarda qatnashgan Polsha, Shvetsiya va Germaniya diplomatlarini 5 fevral kuni mamlakatdan chiqarib yuborgan bo‘lsa, bu uch Yevropa davlati ham 8 fevral kuni Rossiyaga qarshi xuddi shunday javob qaytargan. Keyinchalik Estoniya ham Rossiya diplomatini “persona non grata”(istalmagan shaxs – tahr.) deb e’lon qildi. Tabiiyki, Moskva ham Estoniyaga shunday javob qaytardi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi sanktsiya Naval'niy

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing