Yevropa Ittifoqi Gruziya diplomatlari uchun vizasiz rejimni to‘xtatdi
Olam
−
17 dekabr
685Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari diplomatik pasportga ega bo‘lgan Gruziya rasmiylari uchun vizasiz rejimni to‘xtatishga kelishib oldi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.
Uning tushuntirishicha, Yevropa Komissiyasi endi bu taklifni a’zo davlatlar ma’qullashiga taqdim etishi kerak.
Bir diplomatning agentligiga aytishicha, bu chora "oddiy fuqarolarni jazolamasdan" Gruziya siyosatchilariga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan. Kallas, shuningdek, vazirlar "tinch namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik ortida turgan" amaldorlarga qarshi sanksiyalar qo‘llashni muhokama qilgan, ammo bir ovozdan qarorga kela olmagan. U viza rejimining joriy etilishini “ramziy birinchi qadam” deb atagan.
"Juda qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tdi, bundan tashqari yana ko‘p ish qilish istagi bor edi", dedi Kallas xonim.
Gruziya 2023 yilda Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod maqomini oldi. 2024 yilning noyabrida mamlakatning hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi YeIga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar jarayonini boshlashni 2028 yilgacha to‘xtatib qo‘ydi. Shundan so‘ng Tbilisida har kuni namoyishlar boshlandi, xavfsizlik kuchlari esa suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan holda ularni bostirishga urindi. Bir qator davlatlar, jumladan, Latviya, Litva, Estoniya va Ukraina Gruziya rasmiylariga qarshi “qonuniy norozilik namoyishlarini zo‘ravonlik bilan bostirgani va inson huquqlarini poymol qilgani” uchun sanksiyalar kiritgan.
LiveBarchasi