Yevropa ingliz tilidan voz kechmoqchimi?

Olam

image

Yevropa Ittifoqi “singan” ingliz tilida so‘zlashishni to‘xtatishi va Brexitdan keyin, lingvistik xilma-xillikka o‘tishi kerak. Bu haqda 12 yanvar kuni Fransiyaning Yevropa Ittifoqi masalalari bo‘yicha vaziri Klement Bon jurnalistlar bilan fransuz tilida olib borgan suhbatida aytib o‘tdi. 

Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqanidan so‘ng, ularning munosabatlari savdo shartnomasi bilan tartibga solindi. Biroq, barcha masalalar ham oxirigacha hal qilinmadi. Shulardan biri – til masalasi.

Brexitdan so‘ng, Yevropa Ittifoqida qaysi tilni asosiy tili sifatida foydalanish to‘g‘risida munozara boshlangan.

“Brexitdan so‘ng, odamlar nima sababdan hali ham “singan” ingliz tilida so‘zlashayotganimizni tushunishi qiyin bo‘ladi. Keling, yana o‘z tilimizda gaplashishni o‘rganamiz”, deydi Kleman Bon.

Oldin ham til borasida bir qator fikrlar yangragan edi.

“Agar bizda Buyuk Britaniya bo‘lmasa, ingliz tili ham bo‘lmaydi”, degan edi 2016 yilda Yevropa parlamenti deputati va konstitutsiyaviy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Danuta Xyubner.

Shu bilan birga, 2016 yilda Yevropa parlamentida nutq so‘zlagan Yevropa Komissiyasining o‘sha paytdagi rahbari Jan-Klod Yunker an’anani buzib faqat fransuz va nemis tilida gapirgan edi. Aslida, parlament a’zolari fransuz va nemis tilidan tashqari ingliz tilida ham murojaat qilishi kerak bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, 1990 yillarga qadar Yevropa Ittifoqida fransuz tili hukmron edi. Nemis va ingliz tillari ishchi tili edi. Ammo ingliz tili ikkinchi til hisoblangan Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarining ittifoqqa qo‘shilishi ortidan ingliz tili asosiy tilga aylangan.

Buyuk Britaniya endi Yevropa Ittifoqi a’zosi emasligini hisobga olsak, ittifoq tarkibida ingliz tili rasmiy hisoblanadigan atiga ikkita kichik a’zo qoldi – Irlandiya va Malta. Ushbu ikki davlatda Yevropa Ittifoqi aholisining atigi 1 foizi yashaydi.  Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqida 26 ta rasmiy til mavjud.

Ingliz tili Yevropa Ittifoqi aholisining hayotiga chuqur kirib borganini hisobga olsak, ittifoqning bu tildan voz kechishi qiyin masala.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya rasman 2020 yilning 1 fevralidan Yevrova Ittifoqidan chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqi Brexit

Baholaganlar

228

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing