Zidandan kechirim so‘rashga tayyorman – Materatssi
Sport
−
20 noyabr
4592Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Marko Materatssi Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Zinedin Zidan bilan yarashishga tayyor. Bu haqda sobiq futbolchi “Lucky Blok”ga bergan intervyusida aytdi.
2006 yilgi Jahon chempionati finalida italiyalik futbolchi fransiyalik futbolchiga nisbatan qo‘pol so‘zlarni ishlatgan va Zidan o‘zini tuta olmay, boshi bilan raqibining ko‘kragiga zarba bergan va hakam tomonidan o‘yinda chetlatilgan.
Materatssi o‘sha kundan beri “Real”ning sobiq bosh murabbiyi bilan gaplashmaganini va ular o‘rtasida hech qanday munosabat yo‘qligini ta’kidladi.
“O‘sha kundan beri Zinedin Zidan bilan gaplashmadim. Biz bu voqeadan oldin ham, keyin ham gaplashmadik. O‘rtamizda hech qanday munosabat yo‘q. U futbol afsonasi va men uni ketma-ket uchta Yevropa Chempionlar ligasini yutgan futbolchi va murabbiy sifatida juda hurmat qilaman. Men boshqa kechirim so‘rashni kutmayman, lekin shuncha yillardan keyin u bilan gaplashishni istardim. Menda bu bilan hech qanday muammo bo‘lmaydi”, deydi Materatssi.
Ma’lumot uchun, 2006 yil Germaniyada o‘tkazilgan Jahon chempionatining finalining asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlagan. Ekstra-taymlarda hisob o‘zgarmagach tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qilgan. Futbol lotoreyalarida esa italiyaliklarning qo‘li baland kelib, “Skuadra Adzurra” o‘z tarixida 4 marta jahon kubogini qo‘lga kiritgan.
LiveBarchasi