Buyuk Britaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
22 noyabr
2162Namangan viloyatida 4 nafar samarqandlik fuqaroni Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
DXX xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan U.S. Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining mansabdor tanishlari orqali ularni Buyuk Britaniya davlatiga ishlash uchun yuborish va buning uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda viza olishda yordam berishini aytib, evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Payariq tumanida ikki fuqaro AQSHga ishga yuborishni va’da qilib, evaziga boshqa fuqaroning uyini o‘zlashtirib olgan edi.
LiveBarchasi