Yevropa iqtisodi necha foiz “cho‘kishi” ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi, yevro hudud va qit’aning asosiy davlatlari joriy yilning to‘rtinchi choragida iqtisodiy turg‘unlikka duch keladi. Bu haqda bugun, 11 noyabr kuni YeIning iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissari Paolo Jentiloni ma’lum qilgan.

“Yevropa Ittifoqi va yevro hudud iqtisodlari 2022 yilning to‘rtinchi choragida va 2023 yilning birinchi choragida pasaydi. Biz texnik retsessiyaga kiryapmiz”, degan Paolo Jentiloni.

Shu bilan birga, Jentiloni 2022 yilning birinchi yarmida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida pandemiyadan keyingi jadal iqtisodiy o‘sish kuzatilganini ta’kidlagan. Natijada, Yevropa Ittifoqida iqtisodiy o‘sish 3,3 foizni tashkil etgan. Yevro hududda esa 3,2 foiz ko‘tarilish bo‘lishi kutilmoqda. Umuman olganda, Yevropa Ittifoqi 2023 yilgi iqtisodiy o‘sish suratini 2,7 foizdan 0,3 foizgacha pastlashi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Germaniya boshqa YeI mamlakatlariga qaraganda ko‘proq zarar ko‘rgan. Mamlakatning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi 2022 yil uchun 1,6 foiz atrofida bo‘lgan. 2023 yilda esa pasayish 0,6 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, inflyatsiya rekord darajada yuqori bo‘lishi haqida taxminlar mavjud. 2022 yilda yevrohududning 20 ta davlatida inflyatsiya darajasi 8,5 foizni tashkil qilishi aytilayotgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 6,1 foiz atrofida bo‘ladi. YeIning 27 ta davlatida esa 2022 yilida pulning qadrsizlanishi 9,3 foizgacha yetishi mumkin.

Qolaversa, yevro hududda ishsizlik 2022 yilda 6,8 foizni, 2023 yilda esa 7,2 foizni tashkil qiladi. Yevropa Ittifoqi davlatlari bu ko‘rsatkichni rekord darajada past, deya baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing