Yevropa Falastinni tan olsa, AQSH bilan munosabatlar sovuqlashadi – OAV

Olam

image

Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada tomonidan Falastin davlatini tan olish niyati AQSH bilan munosabatlarni keskinlashtirishi mumkin. Bu haqda Amerikaning tadbirkorlik instituti xodimi Deniyel Samet “The Wall Street Journal” gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Uning fikricha, ushbu uch davlat bu qaror orqali Vashington bilan hamkorlikni xavf ostiga qo‘yib, ayniqsa, AQSH Kongressidagi Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi respublikachilarni ranjitmoqda. Bu esa Ukrainaga yordam masalasida transatlantik birdamlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Sametning fikriga ko‘ra, bu tan olish harakati siyosiy jihatdan samarasiz bo‘lib, Falastin davlatining amalda tashkil topishiga olib kelmaydi. U Fransiya, Buyuk Britaniya va Kanadaning bunday vaqtda AQSHni o‘zidan yiroqlashtirishi mantiqsiz ekanini ta’kidlagan. 

Ma’lumot uchun, bugungi kungacha dunyodagi 147 davlat Falastin davlatini tan olgan. 2024 yilda esa AQSH Falastinning BMTga to‘liq a’zoligiga veto qo‘ygan. 2024 yildan buyon Irlandiya, Norvegiya, Ispaniya va Armaniston kabi o‘nta davlat Falastinni tan oldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida rasmiy ravishda Falastinni tan olishini e’lon qildi va bu haqda Mahmud Abbosga xat yubordi. Buyuk Britaniya ham Isroil G‘azo sektoridagi hujumlarni to‘xtatmasa, sentyabrda Falastin davlatini tan olishini bildirdi. Kanada Bosh vaziri Mark Karni esa shunga o‘xshash bayonotni yaqinlashib kelayotgan BMT sessiyasi oldidan berdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Evropa Falastin Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing