Yevropa davlatlari rahbariyatidagi o‘zgarishlarda Kremlning qo‘li bormi? Peskov javob berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa davlatlari rahbariyatidagi kadrlar almashinuvi bu mamlakatlarnig ichki ishi va Rossiyaning bunga aloqasi yo‘q. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Bu tilga olingan har bir davlatning ichki ishi, biz hech qanday tarzda aralashmoqchi emasmiz, bunga aloqamiz yo‘q. Aytish mumkin bo‘lgan narsa shu”, degan Dmitriy Peskov jurnalistlarga.

Peskov Italiya Bosh vaziri Mario Dragi va Germaniya kansleri Olaf Sholsning iste’foga chiqishi mumkinligi, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning iste’fosi atrofidagi vaziyatga Kreml qanday munosabatda ekani haqidagi savolga shu tarzda javob qaytargan.

14 iyul kuni Italiya Bosh vaziri Mario Dragi iste’foga chiqishga qaror qilganini ma’lum qildi, biroq Italiya Prezidenti Serjo Mattarella buni qabul qilmadi.

Avvalroq OAVda Germaniya kansleri Shols mamlakatdagi energiya ta’minoti inqirozi va Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha tutgan pozitsiyasi tufayli iste’foga chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

7 iyul kuni Boris Jonson Britaniya Bosh vaziri lavozimidan ketishini e’lon qildi. Shu bilan birga, u “yangi rahbar aniqlanmaguncha” Bosh vazir sifatida ishlashda davom etishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Dmitriy Peskov

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing