Yevropa davlatlari migrantlarni to‘xtatish uchun to‘siq qurmoqchi

Olam

image

Polsha, Gretsiya va Litva kabi Yevropa Ittifoqiga a’zo 12 davlatning Ichki ishlar vazirlari Bryusseldan noqonuniy migratsiyaga qarshi to‘siqlar o‘rnatishni moliyalashtirishni so‘rab, xat yubordi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar bermoqda.

Yevropa Komissiyasiga yuborilgan xatda, ichki ishlar idorasi rahbarlari ushbu qadam YeIga qo‘shni davlatlarining muhojirlarni qurol sifatida ishlatiishlariga qarshi turish uchun zarur deb, yozilgan.

Maktubda ta’kidlanishicha, “jismoniy to‘siq” “chegaralarni himoya qilishning samarali usuli” hisoblanadi va bu nafaqat muhojirlarni birinchi qarshi oladigan davlatlar, balki butun YeI manfaatlariga mos keladi.

“Bu qonuniy chora, birinchi navbatda, Yevropa Ittifoqi byudjetidan qo‘shimcha va yetarli mablag‘ olishi kerak”, deb yozgan vazirlar.

Qayd etilishicha, hujjatni Avstriya, Bolgariya, Kipr, Chexiya, Daniya, Gretsiya, Vengriya, Estoniya, Latviya, Litva, Polsha va Slovakiya Ichki ishlar vazirliklari rahbarlari imzolagan. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8 oktyabr kuni Lyuksemburgda YeI davlatlari Ichki ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda ular blokning tashqi chegaralarini mustahkamlash masalalari, shuningdek, kelayotgan migrantlar bilan qanday munosabatda bo‘lishni muhokama qilgan.

Xuddi shu kuni Yevropa Komissiyasi Litvaga Belarusdan kirib kelgan noqonuniy muhojirlarni joylashtirish, shuningdek ularni birlamchi buyumlar bilan ta’minlash uchun 30 million yevroga yaqin mablag‘ ajratgan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant EI

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing