Yevropa chempionatining ishtirokchilari aniqlandi

Sport

image

Avstriya, Germaniya, Gollandiya va Xorvatiya terma jamoalari 2020 yilgi Yevropa chempionatining final bosqichidagi ishtirokini kafolatladi.

Hammasi bo‘lib turnirdagi 24 jamoadan 16 tasi aniqlandi. Xususan, Rossiya, Belgiya, Italiya, Polsha, Ispaniya, Ukraina, Turkiya, Fransiya, Angliya, Chexiya, Shvetsiya va Finlyandiya jamoalari saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

2020 yilgi Yevropa chempionatining finali qit’aning 12 shahrida bo‘lib o‘tadi. Yevro-2020 guruh bosqichining qur’a tashlash marosimi 30-noyabr kuni Buxarestda o‘takaziladi.

Chempionatda qatnashuvchi 8 ta jamoa nomlari noma’lumligicha qolmoqda.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa chempionati 2020

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing