Yevropa chempionatida o‘ynagan eng keksa futbolchi nomi o‘zgardi
Sport
−
19 iyun
3865Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Pepe futbol bo‘yicha Yevropa chempionatlarida to‘p tepgan eng keksa futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.
41 yoshli Pepe guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Chexiya termasi bilan o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bungacha Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan eng keksa futbolchi vengriyalik darvozabon Gabor Kirali edi.
Pepe hozirda “Portu”da to‘p tepmoqda. U faoliyati davomida Turkiyaning “Beshiktosh”, Ispaniyaning “Real” klubi va Portugaliyaning “Maritimo” klublarida to‘p surgan. Pepe uch karra Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi, ikki marta UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. “Real Madrid” tarkibida himoyachi uch karra Ispaniya chempionligiga, “Portu” tarkibida esa to‘rt karra Portugaliya chempionligiga sazovor bo‘lgan.
Hozirga kelib, Pepening terma jamoadagi o‘yinlari soni 138 taga yetdi. U terma jamoasi bilan 2016 yilgi Yevropa chempionida va 2018/19 yilgi mavsum Millatlar ligasida g‘olib bo‘lgan.
LiveBarchasi