Yevropa boshpana so‘rab keluvchi qochqinlardan “qutuldi”

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi natijasida Yevropa Ittifoqiga keluvchi qochqinlar oqimi deyarli to‘xtadi. Shu yil bahorda Ittifoqdan boshpana olish uchun murojaat qiluvchilar so‘nggi 10 yillikda eng kam ko‘rsatkichni qayd etdi.

Qayd etilishicha, aprel oyida talabnomalar soni fevral oyiga nisbatan 86 foizga kamaydi va 8 730 tani tashkil etdi. Mart oyida arizalar fevral oyiga nisbatan 44 foizga kam bo‘ldi.

"Albatta, so‘nggi bir necha oy ichida potensial boshpana izlovchilar uchun kirish keskin cheklangan. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq inqiroz zo‘ravonlik va ta’qiblardan qochayotgan bu odamlarning ahvolini ancha murakkablashtirdi", deydi Yevropa boshpana berish idorasining ijrochi direktori Nina Gregori.

Bu oqim to‘xtashining sababi, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar mart oyida yangi arizalarni qabul qilishni to‘xtatganligi. Aprel oyida ko‘plab arizalar Suriya, Afg‘oniston, Venesuela va Kolumbiya fuqarolaridan kelib tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa qochqinlar

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing