Yevrokomissiya rahbari Ukrainaga bordi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel Ukrainaga rasmiy tashrif bilan bordi. Ularga Yevropa Ittifoqi komissarlari guruhi hamrohlik qilmoqda. Bu haqda fon der Lyayen Twitter'da ma’lum qildi.

“Kiyevga qaytganimdan xursandman. Bu safar o‘zimning Yevropa komissarlari iborat jamoam bilan keldim. Biz bu yerga Yevropa Ittifoqi Ukrainani har qachongidan ham qattiqroq qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatish uchun keldik. Biz qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni yanada chuqurlashtiramiz”, deya tushuntirdi Yevrokomissiya rahbari Kiyev rasmiylari bilan uchrashuv oldidan.

Ursula fon der Lyayen va Yevropa Ittifoqining boshqa vakillari Kiyevda 3 fevralga belgilangan Ukraina-Yevropa Ittifoqi sammitida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Ursula fon der Lyayen Evrokomissiya Xosep Borrel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing