Yevroittifoq elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Jamiyat

image

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlott Adrian diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda TIV xabar berdi.

Bugun, 17 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi Sharlott Adrianni qabul qildi.

“Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Sharlott Adrian xonim bilan uchrashdik. Elchining yillar davomida O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholaymiz. Unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, deb yozdi vazir Telegram-kanalida.

Ma’lumot uchun,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning 23 aprel kuni Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Sharlott Adriandan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing