“Yevro-5” talabiga mos yuk avtomobillari yana 3 yilga utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi
Jamiyat
−
07 fevral
3420“Yevro-5” va undan yuqori ekologik talabga mos yuk avtomobillari yana 3 yilga bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinishi belgilandi. Bu haqda u bugun, 7 fevral kuni xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.
Qayd etilishicha, servisni rivojlantirishda qulay transport infratuzilmasi juda muhim. O‘tgan yili transport xizmatlari 8,6 foizga o‘sib, 145 trillion so‘mni tashkil qildi. Lekin, yuqori iqtisodiy o‘sish uchun bu yetarli emasligi qayd etildi.
Bildirilishicha, mahalliy ekspeditorlarni xalqaro tashishdagi ulushini oshirish uchun ular QQS to‘lashdan ozod etilgan. Buning hisobiga Transport vazirligi mahalliy korxonalar ulushini bu yil 25 foizga, 2026 yilda 50 foizga olib chiqishi zarur.
“Yevro-5” va undan yuqori ekologik talabga mos yuk avtomobillari yana 3 yilga bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinishi belgilandi.
Ma’lumki, “Yevro-5” – bu avtomobil chiqindi gazlaridagi zararli moddalar miqdorini tartibga soluvchi ekologik standart. Utilizatsiya yig‘imi esa ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida to‘lanadi.
Shuningdek, xususiy aviakompaniyalar bilan ishlab, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus, Termizga aviaqatnovlarni 2 karra oshirish, bu yil 15 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, aviatsiya xizmatlari hajmini kamida 20 foizga oshirish zarurligi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xorazmga 6 million mahalliy va xorijiy sayyoh olib kelish reja qilingan bo‘lsa-da, Xorazmga haftasiga 52 ta aviareys va 23 ta poyezd qatnovida tashilayotgan yo‘lovchilar yiliga 800 mingdan oshmayotgani, Buxoro va Samarqandga kelgan turistlarning ko‘pchiligi Xivaga aviareys bo‘lmagani uchun qaytib ketayotgani aytilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar




