“Yevro - 4” va “Yevro - 5” dizel yoqilg‘isi sotuvga chiqarildi
Jamiyat
−
05 iyun 2020 8038 2 daqiqa
“UNG Petro” korxonasining barcha avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali mahalliy «Yevro – 4» va "Yevro – 5" dizel yoqilg‘isi sotuvga chiqarildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
"O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan O‘zbekiston tarixida ilk marta "Yevro - 4" va "Yevro - 5" yuqori sifatli dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganligi haqida xabar bergan edi.
"Yevro – 4" va "Yevro – 5" yoqilg‘isi dvigatel ishlash jarayonini yaxshilash, yemirilishni kamaytirish, zararli chiqindi gazlar miqdorini keskin kamaytirish va silindrlar ishlash davrini uzaytirish kabi afzalliklarga egadir. Ushbu markadagi dizel yoqilg‘isi bugun, 5 iyundan e’tiboran, "O‘zbekneftgaz" AJga qarashli "UNG Petro" korxonasining Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali ham sotuvga ham chiqarildi.
Korxona chakana savdo orqali kunlik 60 tonna miqdoridagi "Yevro - 4" va "Yevro - 5" yoqilg‘isini sotishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishi natijasida va Fransiyaning "Axens" kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida tegishli reaktorga yangi katalitik tizim o‘rnatilgan va 2020 yilning 30 mart kunidan "Yevro - 4" va "Yevro - 5" sinfidagi ekologik toza dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi.
Avvalroq, AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechilishi haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025