Yevro-2024: Polsha musobaqa bilan xayrlashdi

Sport

image

Kecha, 21 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining 2-tur o‘yinlari davom ettirildi. Tur doirasida “D” guruhida 2 ta, “B” guruhida 1 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

“E” guruhida Ukraina Slovakiyaga qarshi o‘yinda iroda ko‘rsatib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va turnirdagi dastlabki 3 ochkosini ishlab oldi. Dastlab 17-daqiqada Slovakiya a’zosi Ivan Shrans hisobni ochgan bo‘lsa, 2-taymda Nikolay Shaparenko va Roman Yaremchuk tomonidan kiritilgan gollar ukrainlarga g‘alaba keltirdi. Hozirda mazkur guruhda Ruminiya peshqadamlik qilmoqda. 2 ta turdan keyin Polsha va Slovakiya hisobida 3 ochkodan mavjud.

“D” guruhida Polsha Avstriya bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi. Avstriyaliklardan Gernot Trauner, Kristof Baumgartner va Marko Arnautovichning gollariga polshaliklardan Kshishtof Pyontek bir marta javob qaytardi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Fransiya va Niderlandiya nursiz durangga imzo chekdi.

Hozirga kelib, mazkur kvartetda aynan Niderlandiya va Fransiya 4 ochkodan jamg‘arib, yetakchilik qilmoqda. 3-o‘rinni band etgan Avstriya hisobida esa 3 ochko mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing