Yevro-2024: Mbappe uch rangli niqobda o‘ynay olmaydi

Sport

image

Kecha, 20 iyun kuni Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jamoasining yulduzi Kilian Mbappe bugun, 21 iyun kuni Yevro-2024 guruh bosqichi 2-turida Niderlandiyaga qarshi maydonga tushishi mumkinligini inkor etmadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Mbappening Fransiya bayrog‘i ranglaridagi yorqin himoya niqobida mashg‘ulot o‘tkazayotgan surati paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng hamma “Real Madrid”ning yangi futbolchisi hech bo‘lmaganda Yevro-2024 yakuniga qadar aynan shu niqobda o‘ynashini taxmin qildi, biroq UEFA qoidalariga ko‘ra niqob faqat bitta rangdan iborat bo‘lishi kerak. Kilianga bu haqda mashg‘ulotdan so‘ng ma’lum qilingan.

Shuningdek, Mbappe Fransiyaning mashg‘ulotlari vaqtida individual tarzda shug‘ullangan.

Niderlandiya va Fransiya o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 21 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe Niderlandiyaga qarshi o‘yinda zaxirada qolishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing