Yevro-2024: Guruh bosqichi nihoyasiga yetdi

Sport

image

Kecha, 26 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi. 3-tur doirasida “F” guruhida 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Kutilmaganda turnir favoritlaridan biri hisoblangan Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya Gruziyaga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvda gollarga 2-daqiqada Xvicha Kvaratsxeliya va 57-daqiqada Jorj Mikautadze mualliflik qildi. Mazkur g‘alaba orqali Gruziya guruhda 3-o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Turkiya Chexiyadan ustun keldi. 2:1 hisobi qayd etilgan o‘yinda turklardan gollarga Chalxanoglu va Tosun mualliflik qilgan bo‘lsa, chexlardan javob to‘pini Souchek kiritdi.

Shunday qilib, mazkur guruhda Portugaliya 6 ochko bilan peshqadam sifatida nimchorak finalga yo‘l oldi, xuddi shuncha ochkoga ega Turkiya ham 2-o‘rin bilan pley-off masalasini hal qildi. 4 ochkoga ega bo‘lgan Gruziya esa chempionatda eng yaxshi 3-o‘rin egasi bo‘lgan jamoalardan biri sifatida pley-off bosqichida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing