Yevro-2024 finalini kim boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Fransiyalik FIFA referisi Fransua Letekse 2024 yilgi Yevropa chempionatining Ispaniya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi final o‘yinini boshqarib boradi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

2017 yildan buyon xalqaro hakam bo‘lgan 35 yoshli fransiyalik futbolchi faoliyati davomida UEFA'ning 65 ta rasmiy o‘yinida ishlagan. Bu yilgi Yevroning final turnirida u Ispaniya-Gruziya, Daniya-Serbiya va Xorvatiya-Albaniya kabi uchta guruh bosqichi o‘yinini boshqardi va Myunxendagi Germaniya va Shotlandiya o‘rtasidagi ochilish o‘yinida to‘rtinchi hakam sifatida ishladi.

Leteksega qanotlarda hamyurtlari Siril Mugne va Mexdi Ramuni yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida polshalik Shimon Marsinyak qayd etildi.

VAR tizimida esa Jerom Brisar boshchiligidagi fransiyalik hakamlar guruhi ish olib boradi. 

Yevropa chempionatining final o‘yini 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Jamoalar Germaniya poytaxti Berlindagi Olimpiya stadionida bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi.

Yarim finalda Ispaniya terma jamoasi Fransiyani (2:1), inglizlar esa Niderlandiyani (2:1) mag‘lub etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Ispaniya Evro-2024 Fransua Leteks'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made